peoplepill id: xatam-ashurov
XA
Uzbekistan
3 views today
3 views this week
Xatam Ashurov
Uzbek physicist

Xatam Ashurov

The basics

Quick Facts

Intro
Uzbek physicist
Work field
Gender
Male
Place of birth
Navoiy, Navoiy District, Navoiy Region, Uzbekistan
Age
63 years
Awards
"Mehnat shuhrati" order
 
The details (from wikipedia)

Biography

Xatam Ashurov (1961-yil 11-dekabr; Navoiy tumani O'zbekiston SSR) — fizik olim. O‘zRFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Atamalar komissiyasi aʼzosi.

Hayoti va ilmiy faoliyati

Xatam Ashurov 1961-yil 11-dekabrda Buxoro viloyati, Navoiy tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1983-yil dekabrida Navoiy viloyati radio-televizion tarqatish markazida elektromexanik sifatida boshlagan. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida 1984-yil may oyidan O‘zR FA Elektronika institutiga (2012-yildan Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti) stajyor- tadqiqotchi lavozimiga o‘tib, keyinchalik aspiranturada; kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, direktor o‘rinbosari, institut direktori lavozimlarida 2016-yilgacha ishlab kelgan.

1997—2013-yillar mobaynida Germaniya, Italiya, Fransiya, Belgiya, BAA, Koreya mamlakatlarida tajriba oʻtab kelgan. 2016-yil Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tugatilishi va ilmiy laboratoriyalarning Toshkent davlat texnika universitetiga o‘tkazilishi munosabati bilan 2016-yil iyulidan 2017-yil iyuligacha TDTUda yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 2017-yil iyulidan qayta tashkil etilgan U. A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Xatam Ashurov ion-plazma texnolagiyalarining kelajagi borasida shunday fikr bildirgan:

Ion-plazma va lazer texnologiyalari yo‘nalishi zamonaviy ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib, bugun taraqqiyotni bu soha ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda o‘ziga xos ilmiy maktablar yaratilgani fan taraqqiyotini zamon bilan hamqadam rivojlantirish barobarida, yaratilayotgan ixtirolardan amaliyotda foydalanish jarayonini tizimli asosda yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘layotir.

Manbalar

The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Xatam Ashurov is in following lists
comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Credits
References and sources
Xatam Ashurov
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes