peoplepill id: shonazir-shorahimov
SS
7 views today
7 views this week
The basics

Quick Facts

The details (from wikipedia)

Biography

Shonazir Shorahimov (1908.5.5 Toshkent — 1968.1.9) — teatr rassomi, oʻzbek milliy professional teatrining dastlabki rassomlaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1940). Shorahim Shoumarovning oʻgʻli. Toshkentdagi tasviriy sanʼat kurslarida oʻqigan; Leningrad badiiy sanoat texnikumini tugatgan (1928). Yosh tomoshabinlar teatrida rassom (1928—29), Buxoro teatrida bosh rassom (1929—32), Navoiy teatrida rassom, bosh rassom (1932—43), Muqimiy teatrida bosh rassom (1943—48). Sh. yaratgan dekoratsiya eskizlari tarixan haqqoniy, sahnaviy kenglik muvaffaqiyatli hal etilgan, ranglar sofligi, uygʻunligi bilan ajralib turadi: Yosh tomoshabinlar teatri "Dodho" (1929), "Beshlar" (1930), "Olis yoʻl" va boshqalar; Navoiy teatrining "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Ichkarida" (1933), "Gulsara" (1935) musiqali dramalari, "Arshin mol olon" (1937) musiqali komediyasi, "Shohida" baleti (1939), "Layli va Majnun" operasi (1940) va boshqalar; Muqimiy teatrining "Oltin koʻl" (1949), "Nurxon" (1952) va boshqalar; Buxoro teatrining "Hamza", "Arafa" (1931), "Burgut yanchildi", "Halima" (1932), "Gʻunchalar", "Alpomish", "Yangi yer", "Qutlugʻ qon" va boshqalar spektakllari dekoratsiyasini yaratdi. "Farhod va Shirin", "Gulsara" (musiqali drama), "Layli va Majnun" (opera) spektakllariga yaratgan sahna bezaklarida uning badiiy mahorati namoyon boʻldi.

Manbalar



The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Shonazir Shorahimov is in following lists
comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Shonazir Shorahimov
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes