peoplepill id: munis-xorazmiy
MX
5 views today
10 views this week
Munis Xorazmiy
dichter

Munis Xorazmiy

The basics

Quick Facts

Intro
dichter
Work field
The details (from wikipedia)

Biography

Munis Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli) (1778— Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1829) — shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar. Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-yilda otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq Munis Xorazmiyni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan.

Ijodi

Munis zamonasining mashxur olim, shoir va sanʼatkorlari bilan yaqin aloqada boʻlib, bilimi, salohiyati va kuch-quvvatini sheʼriyatga, ilm-fan va maʼrifatga bagʻishlagan. Munis 1804-yilda birinchi sheʼrlar devoni — „Devoni Munis“ni yaratgan. 1806-yilda Eltuzarxon Munisga Xiva xonligi haqida kitob yozishni topshirgan. Munis oʻz asarini Shergʻozixon davrigacha yozib yetkazganda, Eltuzarxon fojiali halok boʻladi. Munis kitobini davom ettiradi va 1819-yilda Mirxondning „Ravzat ussafo“ („Soflik bogi“) tarixiy asarini turkiy tilga tarjima qilishni boshlaydi. Munis bu asarning 1jildini tarjima qilishga ulguradi. U bu ikki asarni ham tugata olmay vafot etadi. Uning „Firdavs ul-iqbol“ („Baxtlar bogi“) asarini va „Ravzat ussafo“ tarjimasini shogirdi Ogahiy nihoyasiga yetkazadi.

= "Firdavs ul-iqbol" asari

Munisning „Firdavs ul-iqbol“ asari uzoq, davrni qamrab olgan boʻlib, Markaziy Osiyo, ayniqsa, Xiva xonligi tarixini oʻrganishda qimmatli manbadir. Asarda Xorazmning qadimiy davri bilan bir qatorda, Xiva xonligining 1825-yilgacha boʻlgan siyosiy tarixi bayon etilgan, toj-taxt, boylik uchun olib borilgan kurashlar va, shuningdek, Xiva xonlarining qoʻshni turkman va qoraqalpoq xalqlari bilan boʻlgan munosabatlari haqida ham koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.

Asar muqaddima, 5 bob va xotimadan iborat. 1-bobda Odam Atodan to Nuh paygʻambar avlodigacha boʻlgan haftanomaodisalar yoritilgan. 2-bobda Yofasdan Qoʻngʻirot shoʻʼbasigacha boʻlgan moʻgʻul hukmdorlari davri xususida fikr yuritilgan. 3-bobda Kurlos avlodiga mansub podshoxlar davrida sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida yozilgan. 4-bobda Eltuzarxonning ota-bobolari xayoti tasvirlangan. 5-bobda Eltuzarxonning tugʻilishidan bu asarning yozilib tamom boʻlishiga qadar boʻlgan voqealar xususida qalam tebratilgan. Xotima esa olimlar, avliyo, amir, bek, shoir, hunarmandlar xaqida maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

= "Arnalar" risolasi

Munis oʻz davridagi sugʻorish inshootlari va yer-suv munosabatlariga doir „Arnalar“ (arna-anhor, kanal) nomli risola ham yozgan. Bu risola 18-asr oxiri va 19-asr boshlaridagi dehqonchilik bilan bogʻliq, ijtimoiy munosabatlarni oʻrganishda ahamiyatli.

= "Munis ul-ushshoq" devoni

Munisning asosiy adabiy merosi — 1815—20 yillarda tuzilgan „Munis ul-ushshoq“ („Oshiklar doʻsti“) devoni gʻazal, muhammas, qasida, ruboiy, qitʼa va boshqa janrlardan iborat boʻlib, 20000 dan ziyod misrani oʻz ichiga olgan. U xattotlar tomonidan qayta-qayta koʻchirilib, 1880-yilda Xiva toshbosmasida nashr etilgan.

Munis Navoiyning „Mezon ul-avzon“, „Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ asarlarini kitobat qilgan (1794, 1797). Ayniqsa, „Mezon ul-avzon“ni oldingi ayrim xattotlar yoʻl qoʻygan xatolarni tuzatib, savodli koʻchirgan. Bu uning aruz ilmining xos bilimdoni ekanligidan ham dalolat beradi.

Munisning savod chiqarishni yengillatish va xusnixat sanʼatini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan „Savodi taʼlim“ (1804) sheʼriy risolasi ham bor. Devonlarining bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharq-shunoslik instituti Sharq qoʻlyozma asarlari fondida saqlanadi.

Manbalar

  • Tanlangan asarlar, T., 1957.

Adabiyot

  • Yunusov M., Munis Xorazmiy, T.. 1953; Karimov Gʻ., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3kitob, T., 1966; Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001.

Nusratullo Jumayev.





The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Munis Xorazmiy is in following lists

By work and/or country

comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Munis Xorazmiy
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes