peoplepill id: mahmudjon-tojiboyev
MT
3 views today
3 views this week
The basics

Quick Facts

The details (from wikipedia)

Biography

Mahmudjon Gʻoziyevich Tojiboyev (1957.25.11, Quva tumani - 2020.11.07, Toshkent) — xonanda va sozanda (tanbur, sato), Oʻzbekiston xalq hofizi (2000). Nozik didli, dardli, keng diapazonli ovoz sohibi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1984). Qoʻshiq aytishni dastlab E. Mamatov, Gʻ. Hojiqulovdan, keyinchalik xrfizlik anʼanalarini O. Otaxonov, O. Alimahsumov, O. Hotamov va F. Mamadaliyevdan oʻzlashtirgan, sozandalik sirlarini T. Alimatovdan oʻrgangan. Yu. Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli yakkaxoni (1984-yildan), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti (2000-yildan). Repertuaridan Shashmaqom ("Saraxbori Navo", "Saraxbori Dugoh", "Moʻgʻulchai Segoh", "Navroʻzi Sabo", "Nimchoʻponiy" va boshqalar) va Fargʻona—Toshkent maqom yoʻllari ("Dugoh", "Chorgoh", "Ushshoq", "Shahnozi Gulyor", "Bayot" va boshqalar), katta ashula ("Yovvoyi Chorgoh", "Yolgʻiz", "Ey dilbari jononim" kabi), mumtoz ("Topmadim", "Asiriy" va "Ldoiy", "Chorzarb", "Bozurgoniy") va 20-asr bastakorlari ("Keldik", "Nazzora qil", K. Jabborov; "Kezarman", F. Toshmatov; "Jonim erursan", M. Murtazoyev; "Dilrabolar", O. Nuriddinov;"Bu oqshom", O. Hotamov va boshqalar) asarlari urin olgan. T. shoirnafas hofiz boʻlib, ijro uslubi vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholgʻu mutanosibligi bilan ajralib turadi. Osiyo, Amerika, Yevropa va Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrodda boʻlgan. Yunus Rajabiy nomidagi Respublika makom ijrochilari tanlovi gʻolibi (1987).

Manbalar





The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Mahmudjon Tojiboyev is in following lists
comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Credits
References and sources
Mahmudjon Tojiboyev
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes