peoplepill id: lutfullayev-xayrulla
LX
5 views today
6 views this week
The basics

Quick Facts

The details (from wikipedia)

Biography

Xayrulla Lutfullayev (1945.25.10, Toshkent shahri) – xonanda va sozanda (qashqar rubobi, tor), Oʻzbekiston (1987) va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1974). „Bahor“ ansambli yakkaxon xonandasi (1974—2003), Toshkent madaniyat instituti dotsenti (2003-yildan). L. lirik xonanda, mayin va shirali ovoz sohibi. Repertuaridan qoʻshiq va yallalar („Men sevaman, sen sevasanmu“, „Dilxiroj“, „Tola soch“ va boshqalar), oʻzbek ashula va maqom yoʻllari („Bayot I—V“, „Girya I—II“, „Fargʻona tanavori“ va boshqalar), oʻzbek bastakorlari asarlari („Beboqcha“, „Samarqand ushshogʻi“ va boshqalar) oʻrin olgan. „Kelibdiyu-ketibdi“, „Ishonaman oʻzingga“, „Goʻzal jonon senmasmu“ kabi qoʻshiqlarning kuylarini oʻzi bastalagan. Xorijiy mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. L. ning oʻgʻli Nodir Lutfullayev – za-monaviy estrada qoʻshiqchisi, repertuaridan zamonaviy estrada qoʻshiqlari, oʻzbek xalq qoʻshiqlari va mumtoz ashulalar oʻrin olgan.

Manbalar



The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Lutfullayev Xayrulla is in following lists
comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Lutfullayev Xayrulla
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes