peoplepill id: afzal-rafiqov
AR
2 views today
2 views this week
Afzal Rafiqov
Uzbekistan actor

Afzal Rafiqov

The basics

Quick Facts

Intro
Uzbekistan actor
The details (from wikipedia)

Biography

Afzal Azimovich Rafiqov (1948.21.8, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1973—87 yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktyor. Yaratgan obrazlaridagi dard, iztirob, qarama-qarshi hissiyotlar, oʻziga xos musiqaviy ovoz, rang-barang ohang, tinim va bosimlari bilan tomoshabinni oʻziga rom etishga erishadi, shuningdek, romantik anʼanalarni hayotiy talqin usuli ila uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi. „Qaroqchilar“ (F. Shiller) spektaklidagi Shveyser roli bilan sahnadagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Aleksandrov (L. Tolstoy, „Tirik murda“), Zokirov (S. Abdullin, „Oʻn uchinchi rais“), Tarso (T. Tula, „Nodirabegim“), Navoiy, Iskandarning otasi (Sh. Rizayev, „Iskandar“), Faridun (Firdavsiy, „Faridun“), Yago (U. Shekspir, „Otello“), Lir (U. Shekspir „Qirol Lir“), Aslzoda (A. Sagareli, „Xonuma“) kabi rollari bilan tanilgan.

Kinoda („Yaratganga shukur“da Ahmad, „Alpomish“da Boyboʻri va boshqalar), televizion filmlarda („Diyonat“da Proxor, „Girdob“da ilmiy kotib, „Ichkuyov“da Sergey, „Omon boʻlsang, unutma“da Guskov kabi) ham suratga tushgan. Rafiqov oʻzbek dublyaj sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshganlardan, 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan („Lev Tolstoy“da Tolstoy, „Gʻalaba“ filmida Stalin, „Hayot mazmuni“da Usmon Yusupov va boshqalar). Bir nechta televizion hujjatli filmlar matnini oʻqigan. „Gulshan“ radiojurnalining boshlovchisi, bir qancha radiopostanovkalar („Usmon Nosir“, „Xabib Abdullayev“ va boshqalar)ni olib borgan.Afzal Rafiqovning shoh asari oʻzi aytgandek umri davomida qilgan ishlarining eng yaxshisi bu Qur’oni karimning oʻzbek tilida oʻqiganidir.

Filmografiya

Filmlar

YilFilm nomiRol
1998Kichkina tabib
2000Alpomish
2007Faqat gʻalabafutbol bosh murabbiysi
2006Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi
2008Jannat qaydadir?Domla, Luizaning otasi
2011Kelganda kelin: Anjancha muhabbatGoʻyoning otasi

Manbalar




The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Afzal Rafiqov is in following lists

By work and/or country

comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Credits
References and sources
Afzal Rafiqov
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes