peoplepill id: rauf-parfi-1
RP
Uzbekistan
4 views today
14 views this week
Rauf Parfi
Uzbek poet

Rauf Parfi

The basics

Quick Facts

Intro
Uzbek poet
Work field
The details (from wikipedia)

Biography

Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) — 1943-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli boʻlib, Fargʻona viloyatining Vodil qishlogʻidan sho‘rolar quvgʻini tufayli Shoʻralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Fargʻonadan edi. Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, oʻqishni Yangiyoʻl shahridagi kechki maktabda davom ettiradi va mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan. Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, „Oydin“ gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda „Yozuvchi“ nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan.Rauf Parfi 2005-yil 28-martda Toshkent shahrida vafot etadi.

Asarlari

Birinchi sheʼri 1957-yilda eʼlon qilingan.

  • „Karvon yoʻli“ (1968);
  • „Aks-sado“ (1970);
  • „Tasvir“ (1973);
  • „Xotirot“ (1974);
  • „Koʻzlar“ (1976);
  • „Qaytish“ (1981);
  • „Sabr daraxti“ (1986);
  • „Sukunat“ (1991);
  • „Tavba“ (2001) sheʼriy toʻplamlari bor.

Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi sheʼrlari bilan tanilgan. Shoir soʻzning rang va ohanglaridan, sheʼriy tasvir vositalaridan oʻziga xos uslubda foydalanadi. Sheʼrlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Karlo Kaladzent „Dengiz xayoli“ va boshqa jahon sheʼriyati klassiklarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Manbalar

Havolalar

The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Rauf Parfi is in following lists

By work and/or country

comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Rauf Parfi
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes