peoplepill id: zebo-mirzo
ZM
1 views today
1 views this week
The basics

Quick Facts

The details (from wikipedia)

Biography

Zebo Mirzo 1964-yilning 15-dekabrda Qashqadaryo viloyating Kitob tumani Beshterak qishlogʻida tugʻildi. Toshkent Davlat universitetining oʻzbek filologiysada tahsil oldi(1982-1987).Toshkent Davlat sanʼat instituti kata labaranti, oʻqituvchisi(1987-1991),Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy- maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri(1991-1995), „Yozuvchi“nashriyoti boʻlimi mudiri (1995-1999), „Yoshlar“ radiokanali kata muharriri (1999-2006) vazifalarida xizmat qildi. 2006-yildan „Oʻzbekiston“telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

Zebo Mirzoning „Tun malikasi“ nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990-yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning „Ajr“(1997), „Nur kukunlari“ (2004), „Ishq“ (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Zebo Mirzo, shuningdek, „Rangin dunyo“, „Ijod maktabi“, "Siz va Siz uchun "kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi maaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.

Ijodidan

Qaytish

Men qayturman Senga muqarrar, Tomgan har yoshimning hurmati — haqqi. Qorong‘u umrimda bor bo‘lsang agar, Bir bor ko‘ksim uzra Oftobday balqi!

Men seni judayam sog‘indim… Buni aytgim kelar o‘zingga faqat. Biroq kelguningcha, avval-oxirim, Tugab bitmasmikan mendagi toqat?

O‘tyapsan dunyolar ortidan… Bormi bu yuksakka boradigan yo‘l? Men esa o‘chgancha kunlar yodidan, Bu tubsiz chohlardan uzataman qo‘l…

Senga yetib bormas xayolim. Qalbing uyg‘otolmas hech qanday nido. Meni olib ketar bir kuni o‘lim, Qo‘rqaman, hech qachon bermaysan sado!

Yuragim zarblarin eshitib yotar, Ko‘ksim uzra botgan g‘anima — Ilon. Toki kelgunicha mash’um kunbotar U meni bermaydi senga hech qachon!

Sen esa… Tush kabi olis-olisda Yulduzlar bag‘ridan uchasan yiroq. Sen uchun atalgan olovli hisda Mening yonganimni bilmaysan, biroq!

Nafrat… O‘lim, Hasad… va kin oralab,Mening Sevgim o‘tar yoniq va omon. Sendan ketgan bo‘lsam, bag‘rim yaralab. Har bir qadamimga to‘layman tovon!

Ammo Sen… Ammo Sen… Oftobday balqi, Qayerda bo‘lsang ham yorug‘, munavvar. Tomgan har yoshimning hurmati haqqi Men Senga qayturman bir kun muqarrar!

29.06.09


Adabiyotlar

  • „Oʻzbek adiblari“ (S.Miraliyeva,R.Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti,2016) kitobidan.
  1. „https://t.me/s/zebo_mirzo?before=39“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  2. „https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/zebo-mirzo-sherlar.html“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Zebo Mirzo is in following lists
comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Credits
References and sources
Zebo Mirzo
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes