Tenishev Adham Rahimovich
Quick Facts
Biography
Adham Rahimovich Tenishev (1921.25.4, Penza 2004.11.7, Moskva) – turkiyshunos olim. Rossiya fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984), Turk tili kurumi aʼzosi (1978), Finugor jamiyati aʼzosi (1982), Boshqirdiston fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1992). Leningrad unti sharqshunoslik ftini tugatgan (1949). Filol. fanlari doktori (1969). Rossiya fanlar akademiyasi Tilshunoslik intining uraloltoy tillari boʻlimi mudiri (1963 yildan). Olim ishtiroki va rahbarligida turkiy tillarni qiyosiytarixiy grammatikasi yaratildi: "Fonetika" (1984), "Morfologiya" (1988), "Sintaksis" (1986), "Leksika" (1996). Tenishev ilmiy ishlari asosan turkiy tillarni kiyosiytarixiy oʻrganishga, "Oltin yoruq" yodgorligining grammatik xususiyatlarini tadqiq etishga bagʻishlangan.
Manbalar
- Stroy sarigyugurskogo yazika, M., 1976; Stroy salarskogo yazika, M., 1976; Uygurskiye teksti, M., 1984; Uygurskiy dialektniy slovar, M., 1990; Drevnekirgizskiy yazik, Bishkek, 1997.