Tamara Doshumova
Quick Facts
Biography
Tamara Gʻaniyevna Doshumova (1954.10.3, Nukus) — xonanda. Qoraqalpogʻiston (1977), Oʻzbekiston (1980) va Tatariston (1981) xalq artisti. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutining drama va kino aktyori fakultetini tugatgan (1986). 1968—96 y.lar Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat filarmoniyasi qoshidagi "Oyqulash" ansamblining yakkaxoni, 1996 yildan "Amu toʻlqini" ansamblida xonanda. Kuchli, nafasi keng, baland va yoqimli ovozga ega. Repertuaridan qoraqalpoq xalq ("Nolish", "Gʻulpaq" va b.), xorazm ("Boʻlmas" va b.) qoʻshiqlari, qoraqalpoq hamda oʻzbek kompozitor va bastakorlari asarlari ("Koʻngil koʻngildan suv ichar", N. Muhammeddinov; "Qoʻshigʻimga oʻzing qanot boʻlasan", "Sening bu dunyoda borliging", "Yor etma", X. Turdiqulov; "Besik jiri" M. Jiyemuratov; "Yoʻllarim", M. Ashrafiy va b.) oʻrin olgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).
Manbalar
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil