Soli Ahmedov
Quick Facts
Biography
Soli Ahmedov (1907.15.7, Farg‘ona viloyati Beshariq qishlog‘i) – aktyor va rejissyor O‘zbekiston xalq artisti (1964). Farg‘ona teatri tashkilotchilaridan. Farg‘ona xotin-qizlar klubida tuzilgan yarim professional truppada rejissyor (1929). Farg‘ona teatrida aktyor va rejissyor (1931-46, bosh rejissyor 1955-67), Qo‘qon teatrining bosh rejissyori (1946–55). Qahramonlarning ichki dunyosi, xatti-harakati va kechinmalarini ishonarli ifodalash A. ijodiga xos. Asosiy rollari: G‘ulom ("Nomus va muhabbat"), Rustam ("Rustam"), G‘ofir ("Boy ila xizmatchi"), Mavlon ("Shohi so‘zana"), Majididdin ("Alisher Navoiy"), general Rahimov ("General Rahimov") va boshqa Sahnalashtirgan asosiy spektakllari: "Farhod va Shirin" (Xurshid), "Maysa-raning ishi", "Xolisxon", "Boy ila xiz-matchi" (Hamza), "Hamza", "Muqimiy" (S. Abdulla) va boshqa.