Sharof Boshbekov
Quick Facts
Biography
•Milodiy VII asrgacha | ||
| ||
•Milodiy VII asrgacha | ||
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
Sharof Boshbekov Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida 1951-yil 4-yanvarda tugʻildi. 1974-yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1983-1985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (1986-1987) adabiy xodim boʻldi.
Uning „Taqdir eshigi“, „Eski shahar Gavroshlari“, „Temir xotin“ kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib oʻrin egallagan. Inchunin, „Temir xotin“ komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan.
U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida „Yuzsiz“, „Tilla bola“, „Temir xotin“, „Ma'ruf va Sharif“, „Masxaraboz“ kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, „Charxpalak“ teleseriali mashhur boʻldi.
Sharof Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, gʻaroyib xarakterlar va tilidadir.
„Temir xotin“ asari uchun dramaturg Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Oʻzbek kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoniga loyiq koʻrildi (1999-yil). 2001-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi.
Asari
- Boshbekov Sh. „Eshik qoqqan kim boʻldi“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1989.
Adabiyot
- Smelyakov Yu. Sovremenniy geroy. Kto on? Jurnal „Sovremennaya dramaturgiya“, 1984, #1
- Mahmudova S. „Oʻtmish va kelajak ramzlari“, „Sharq yulduzi“ jurnali, 1989, 5-son.
- Norboʻtayev I. „Masxaraboz“, „Kino“ jurnali, 1995, 1-son.