peoplepill id: rixsivoy-avazov
RA
1 views today
1 views this week
Rixsivoy Avazov

Rixsivoy Avazov

The basics

Quick Facts

The details (from wikipedia)

Biography

Rixsivoy Avazov (10-yanvar, 1942 — 26-fevral, 2013) — Oʻzbekiston xalq artisti. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori.

Biografiyasi

Rixsivoy Avazov 1942-yil 10-yanvarida Janubiy Qozogʻistonning Turbat qishlogʻida tugʻilgan. 1959-yilda Toshkent shahridagi 22-oʻrta maktabni bitirib, Alisher Navoiy nomli opera va balet teatrida sahna ishchisi boʻlib ishlaydi, ayni paytda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining „Drama va kino aktyori“ fakultetining kechki boʻlimida oʻqiydi — Oʻzbekiston xalq artisti Albert Xachaturov qoʻlida tahsil oladi.

Oʻzbekiston xalq artisti Rixsivoy Avazov 2013-yil, 26-fevral kuni vafot etdi. Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori 71 yoshda edi.

Mehnat faoliyati

R.Avazov 1965 yilda institutni tamomlagach, Hamza nomidagi Oʻzbek Davlat (hozirgi Oʻzbek Milliy) akademik drama teatriga aktyor sifatida ishga qabul qilinadi. „Sarviqomat dilbarim“dagi Kamol R.Avazovning teatr sahnasidagi birinchi obrazi boʻldi. Oʻz ustida tinmay ishlagan, ustoz sanʼatkorlardan sahna sirlarini qunt bilan oʻrganib borgan yosh aktyor teatr repertuaridagi asosiy spektakllarda rollar ijro etib tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. R.Avazov teatrda ishlash jarayonida:

  • Abdurazzoq (M.Shayxzoda, „Mirzo Ulugʻbek“),
  • Matlab (E.Vohidov, „Oltin devor“),
  • Orsini (Dyuma, „Nel minorasi“),
  • Kimyogar (Uygʻun, „Abu Rayhon Beruniy“),
  • Shpigelberg (Shiller, „Qaroqchilar“),
  • Anvar (Ibragimbekov, „Koʻk eshik ortidagi ayol“),
  • Maslahatchi (Shvars, „Qor malikasi“),
  • Anuchkin (Gogol, „Uylanish“),
  • Tiresi (Sofokl, „Antigona“),
  • Mamarasul (Oʻ.Umarbekov, „Qiyomat qarz“),
  • Zevs (M.Karim, „Olovni tashlama, Prometey“),
  • Petushkov (L.Tolstoy, „Tirik murda“),
  • Ado (T.Toʻla, „Nodirabegim“),
  • Abu Faysal (Uygʻun, „Abu Ali Ibn Sino“),
  • Prokuror Ulin (Abdulin, „Oʻn uchinchi rais“),
  • Mansur baxshi (P.Qodirov, „Yulduzli tunlar“),
  • Norimbet (M.Avezov, „Abay“),
  • Amirxon (Uygʻun, „Zebunniso“),
  • Hamdam (Shukrullo, „Oʻgʻrini qaroqchi urdi“),
  • Yormat (Oybek, „Qutlug qon“),
  • Alisher Navoiy (A.Navoiy, „Sabʼai Sayyor“),
  • Hamid (I.Sulton, „Abdulla Qodiriyning Oʻtgan kunlari“),
  • Brut (Shekspir, „Koriolan“),
  • Amir Sayd (A.Samad, „Sohibqiron Temur“),
  • Muhammad Qovchin (A.Oripov, „ Sohibqiron Amir Temur“),
  • Yoʻldosh Odamich (B.Muxaev, „Hayotdan toʻygan tun“),
  • Darveshali (O. Yokubov, „Bir koshona sirlari“),
  • Soqivoy (S.Imomov, „Shayton va farishta“) kabi turli tabiatdagi koʻplab rollarni yetuk mahorat bilan ijro etdi.

Televidiniyadagi faoliyati

R.Avazov 20 yildan beri Oʻzbekiston televideniesida suratga olingan videofilmlar va „Otalar soʻzi—aqlning koʻzi“ telekoʻrsatuvlarida rollar ijro etib, sanʼat muxlislariga manzur boʻlgan. Videofilmlarda aktyor tomonidan qoyilmaqom qilib ijro etilgan:

  • Gʻiyosiddin (Oybek, „Alisher Navoiy“),
  • Ahmad Tanbal (P.Qodirov, „Bobur“),
  • Qoʻshmoqov (Oʻ.Usmonov, „Girdob“),
  • Bobur (B.Boyqobilov, „Tun va kun“) kabi rollarni hamon tomoshabinlar maroq bilan tomosha qilib estetik zavq olishadi.

Dublyaj ustasi

R.Avazov koʻp yillardan beri „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining dublyaj guruhida faol qatnashib, „Oʻgay ona“, „Donishmand Yaroslav“, „Qirol Lir“, „Ertaga yarim tunda“, „Filipp Marlou“, „Federal politsiya“ kabi mingdan ortiq badiiy filmlar va kinoseriallarga ovoz berdi.

Mukofotlari

Rixsivoy Avazovning ijodiy mehnati munosib baholandi. 2000 yilda „Oʻzbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni bilan takdirlandi.

Manbalar

The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Rixsivoy Avazov is in following lists
comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Credits
References and sources
Rixsivoy Avazov
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes