Qobiljon Obidov
Quick Facts
Biography
Obidov Qobiljon Gʻafurovich (1951.20.4, Qoʻrgʻontepa tumani, Xonobod qishlogʻi) — Oʻzbekiston Qahramoni (1998-yil). Andijon paxtachilik institutining gidromelioratsiya fakultetini tugatgan (1972). Andijon suv inshootlari qurilish tresti 3-qurilish-montaj boshqarmasida usta, prorab, yordamchi korxonalar boshqarmasi boshligʻi (1972—75), shu trest ishlab chiqarish va texnologik jamlashtirish boshkarmasining bosh muhandisi, boshligʻi (1975—86), Andijon suv qurilish trestining boshqaruvchisi, Andijon suv qurilishmontaj ishlab chiqarish birlashmasining boshligʻi (1987—88). Marhamat tumani ijroiya qoʻmitasining raisi, tuman partiya qoʻmitasining 1-kotibi, tuman hokimi (1988—92), Andijon shahar hokimi (1992—93), Andijon viloyati hokimi (1993—1996; 1997—2004). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 1-oʻrinbosari (1996—97).
Obidov rahbarligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim yutuqlarga erishildi, gʻoʻza va bugʻdoy yetishtirishda yangi texnologiyalar (jumladan, gʻoʻzani plyonka ostiga ekish) joriy qilindi va ularning hosildorligi keskin oshdi, yangi sanoat korxonalari, sport inshootlari barpo etildi, aholining turmush darajasini koʻtarish va farovonligini oshirishda muhim ishlar olib borildi. Andijon viloyatida toʻplangan ilgʻor ishlab chiqarish tajribalari mamlakat miqyosida ommalashtirildi. Oʻzbekiston Oliy Kengashi (1990—94), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994). "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (1995).
Manbalar
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari | ||
---|---|---|
Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari | ||
Izoh: Har bir qator oxiridagi shaxs amaldagi hokim hisoblanadi. | ||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi | ||
Andijon viloyati | ||
Buxoro viloyati | ||
Fargʻona viloyati | ||
Jizzax viloyati | ||
Namangan viloyati | ||
Navoiy viloyati | ||
Qashqadaryo viloyati | ||
Samarqand viloyati | ||
Sirdaryo viloyati | ||
Surxondaryo viloyati | ||
Xorazm viloyati | ||
Toshkent viloyati | ||
Toshkent shahri | ||
Viloyatlar hokimlari | ||
Izoh: Har bir qator oxiridagi shaxs amaldagi hokim hisoblanadi. | ||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi | ||
Andijon viloyati | ||
Buxoro viloyati | ||
Fargʻona viloyati | ||
Jizzax viloyati | ||
Namangan viloyati | ||
Navoiy viloyati | ||
Qashqadaryo viloyati | ||
Samarqand viloyati | ||
Sirdaryo viloyati | ||
Surxondaryo viloyati | ||
Xorazm viloyati | ||
Toshkent viloyati | ||
Toshkent shahri | ||
Viloyatlar hokimlari |