Oganesov TachatAmayakovich
Quick Facts
Biography
Tachat Amayakovich Oganesov(1922. 1.2, Armaniston, Leninakan viloyati — 1991.15.5) — rangtasvirchi rassom, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1968). 1933 yildan Oʻzbekistonda. P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1947) va Repin nomidagi Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutini (1953) tugatgan. 1954 yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida pedagog, professor (1984). O. ijodini zamondoshlarining portretlarini, mehnat ahlini ulugʻlovchi, tabiat manzaralarini taran-num etuvchi polotnolar yaratishga bagʻishlagan, inson harakterini ochishda moy-boʻyoqlarning rang va tuslaridan mohi-rona foydalanadi. "Yozuvchi S. Borodin" (1956), "Konchi Mavlonov", "Rassom I. Valdenberg va D. Ushakovlar" (1959), "Haykaltarosh Makarov" (1960), "Professor A. Asqarov" (1975) va boshqa portretlari, "Paxtakorlar" (1958), "Togʻdagi oqshom" (1958), "Qoʻshiq" (1965), "Choʻlda" (1981), "Oqoltin" (1982) va boshqa asarlari shular jumlasidan.