peoplepill id: nozimaxonim
N
Uzbekistan
1 views today
2 views this week
Nozimaxonim
Uzbek poet and journalist

Nozimaxonim

The basics

Quick Facts

Intro
Uzbek poet and journalist
Gender
Female
The details (from wikipedia)

Biography

Nozimaxonim (1870, Toshkent — 1924) — shoira. Oʻzbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini oʻrgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik gʻoyalaridan bahramand boʻlgan. Oʻzbek va fors mumtoz adabiyotini, ayniq-sa, Saʼdiy, hofiz asarlarini oʻqigan.

Sheʼr va maqolalari 1900-yildan matbuotda bosilgan. 20 yoshlarida shoira „beshyogʻochlik Nozimaxonim“ nomi bilan mashhur boʻlgan. Taraqqiyot, maʼrifat va madaniyatni tashviq etuvchi sheʼr va manzumalari, jaholat, bidʼat-xurofotni fosh etuvchi asarlari, zamonasidagi ijtimoiy tengsizlik va avj olgan milliy istibdoddan keskin norozilik bayon qilingan oʻtkir hajviy sheʼrlari „Shuhrat“, „Sadoyi Turkiston“, „Taraqqiy“ kabi gaz.larda muntazam chiqib turgan. Shoira mehnatkash xalqning milliy ozodlik harakatini qoʻllab-quvvatlagan, xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va oʻrni haqida asarlar yozgan, jaholat va zulm poymol etgan oʻzbek ayolining milliy, insoniy haqhuquklarini talab qilib chiqqan („Insonga qancha erk darkor?“, „Ilm va maorif borasida bir-ikki soʻz“, „Xotinlar huquqiga oid“ va boshqalar).

Nozimaxonim sheʼriyati 1905—17 yillar oʻzbek adabiyotining yetakchi tamoyillarini aniklashda, 20-yillar oʻzbek sheʼriyatining harakterli xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyot

  • Qosimov B., Milliy uygʻonish, T., 2002.

Manbalar

The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Nozimaxonim is in following lists
comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Credits
References and sources
Nozimaxonim
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes