Nasimxon Rahmonov
Quick Facts
Biography
Nasimxon Rahmonov — (1952-yil, Fargʻona, O‘zbekiston SSR) adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori (1971), professor (1993).
Hayoti va faoliyati
Olim 1952-yilda Fargʻona viloyati Buvayda tumani, Jov qishlogʻida tugʻilgan. 1969-yili Nayman qishlog‘idagi 20-o‘rta maktabni bitirgan va ayni shu maktabda yoshlar yetakchisi boʻlib ishlagan. Fargʻona davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakultenini tugatgan (1974). Oʻrta maktabda oʻqituvchi (1974—1977), "Oʻqituvchi" nashriyotida muharrir (1976—1979), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi H.Sulaymonov nomli Qoʻlyozmalar institutida muharrir, muzey boʻlimi mudiri, kichik, katta va bosh ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari, direktor (1979-1998), Til va adabiyot instituti (1998—1999) va Sharqshunoslik institutida yetakchi ilmiy xodim (1999—2000). Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi professori (2000-yildan), Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dekani (2010-yildan).
Nasimxon Rahmonov 1984-yili “Kul tigin yodnomasi (VIII asr) poetikasi” nomli mavzuda nomzodlik, 1991-yili “O‘rxun-yenisey yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim 1993-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Nasimxon Rahmonov, shuningdek, ikki kitobdan iborat “Oltun yorug‘” asarini o‘zbek tiliga tabdil qilib, chop ettirgan.
Nasimxon Rahmonov Turkiyaning Yangi Turkiya strategik tadqiqotlar instituti mukofoti (2017), Ostona shahrida joylashgan Xalqaro Turkiy Akademiyaning kumush medali (2018) hamda Qozog‘iston xalqlari Assambleyasining Oltin medali (2020) bilan taqdirlangan. 2012-yil 4-iyulda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining “O‘zbek va jahon filologiyasi” va O‘zbekiston davlat san’at institutining “Tillar va adabiyot” kafedralari negizida yangi “Tillar va adabiyot” kafedrasi tashkil etillgan. Bu kafedrada Nasimxon Rahmonov ham faoliyat olib borgan.
Asarlari
„Oʻlmas obidalar“ (1987), „Bitiklar olamida“ (1990), „Turkiy xoqonliklar“ (1993), „Qadimiy hikmat“ (1987), „Ruhiyatdagi nur murodi“ (2000), „Oʻzbek adabiyoti tarixi namunalari“ (I, II jild 2006, 2007), „Oltin yorugʻ“ (1-kitob, 2009; 2-kitob 2013), „O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi“ (2014)„ Oʻzbek adabiyotini davrlashtirish masalalari“ (2016) va boshqa koʻplab kitoblari chop etilgan. Olim, shuningdek, Oʻrxun-Enasoy obidalarining Oʻzbekistonda oʻrganilishi borasida ham maqolalar e'lon qilgan.