Mirzabek Xolmedov
Quick Facts
Biography
Mirzabek Xolmedov (1961-yil 13-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — taniqli oʻzbek estradasi hajviy aktyori, qiziqchi, soʻz ustasi va qoʻshiqchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Bolalik yillari
Mirzabekning yoshlik yillari o'zi tugʻilib oʻsgan Toshkentda oʻtgan. Maktab tadbirlarida faol ishtirok etib, oʻsmirlik davridanoq hayotini sanʼat bilan bogʻlagan. Maktabda oʻqishga qiziqmagan boʻlsada, uni yaxshi bahoda tugatishga muvaffaq boʻlgan. Soʻngra, Toshkent sanʼat institutiga oʻqishga kirgan.
Ijodiy faoliyati
Mirzabek Xolmedov institutni tugallab, oʻzining shaxsiy „Mirzo teatri“ nomli teatriga asos soldi. Jamoa tarkibiga oʻzidan tashqari, talabalik yillarida tanishgan ikki nafar Oʻzbekistonlik qiziqchi Shukurillo Isroilov va Valijon Shamshiyevlarni qoʻshdi va bu jamoani yillar davomida yangilab, kengaytirib bordi. Uning teatridagi faoliyati spektaklni sahnalashtirishga qaratilgandir. Mirzabek Xolmedovning aytishicha u rus tilida rep yozishga va kuylashga harakat qilgan, lekin ushbu yoʻnalishdagi ijodi uzoqqa choʻzilmagan. Oʻzbek tilida bir qancha rep va pop janrida qoʻshiqlari mavjud. 1986-yilda oʻzbek xonandasi Rustam Gʻoipov ijro etgan „Davraga tush“ qoʻshigʻi Mirzabek Xolmedov yozgan sheʼr asosida bastalangan.
Diskografiyasi
Qoʻshiqlari |
---|
Bir qop pul |
Umr nima |
Balo |
Dunyoga keldik |
Faqat meni otam yoʻq |
Odamlar |
Bale |
Xizr |
Imkon boʻlganda |
Yoshlik |
Aroq |
Onaginam |
Oh onajon |
Onajon |
Bolam, bolam |
Shaxsiy hayoti va oilasi
Xolmedov shaxsiy hayotining tafsilotlari haqida gapirishni yoqtirmaydi, shuning uchun qiziqchi oilasi haqidagi asosiy maʼlumotlarni sir saqlaydi. U turmush qurgan va uch nafar farzandi bor. Farzandlari Ulugʻbek va Oybek va OtabekXolmedovlareng katta ogil Otabek 2Oybek 3 Ulugbek ham ota kasbida faoliyat yuritishadi.
Teatrdagi faoliyati
1985-yil Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrida Hamza Hakimzoda Niyoziy pyesasi, N. Abdurahmonov rejissyorligi asosida „Maysaraning nayranglari“ nomli spektaklida Hidoyatxon rolini ijro qilgan. 1986-yilda L. Gerchikov va N. Miroshnichenko rejissyorligi asosida „Iblis farishtalari“ nomli spektaklida rol ijro etgan.
1986-yilda P. Fayziev rejissyorligi asosida sahnalashtirilgan „Hur qizlar“ spektaklida Fashist rolini ijro etgan.
Filmografiyasi
Yil | Kino |
---|---|
2016-yil | „Seni sevdim“ |
2015-yil | „Uchinchi muammo“ |
2013-yil | „Lavz“ |
2011-yil | „Jiblajibon“ |
2010-yil | „Ulfatlar Tailandda“ |
2010-yil | „Bekorchilar makoni“ |
2008-yil | „Ulfatlar — 2“ |
2005-yil | „Ulfatlar“ |
2004-yil | „Muhabbat sinovlari — 2“ |
2003-yil | „Muhabbat sinovlari“ |
1992-yil | „Alif Leyla yoki makkora“ (अलिफ़ लैला) (hind va oʻzbek qoʻshma film) |
1989-yil | „Sherali va Oybarchin“ |
1989-yil | „Koʻzlarim yoʻlingda“ |
1989-yil | „Marhumni hurmati“ |
1987-yil | „Klinika“ |
Erishgan yutuq va mukofotlari
• „Yumorist-89“ saralash tanlovi g‘olibi (Qiziqchi, O‘zbekiston SSR).
• 1992-yil Filmni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun — Finas diplomi (Malayziya Milliy kino taraqqiyot korporatsiyasi) sovrindori.
• 1998-yil „Zamin yulduzlari“ Milliy mukofoti sovrindori.
• 2018-yil mart oyida „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni Milliy mukofoti sovrindori boʻlgan.
Manbalar
- ↑ „Мирзабек Холмедов“ (Ruscha). biogrf.com. Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ўзбегим йигитлари“. Ozodlik radiosi (27-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
- ↑ „Холмедов Мирзабек“ (Ruscha). kino-cccp.net. Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.
- ↑ „МИРЗАБЕК ХОЛМЕДОВ“ (Ruscha). kino-teatr.ru (20 yanvar). Qaraldi: 5-avgust 2022-yil.