Lidiya Kazantseva
Quick Facts
Biography
Lidiya Kazanseva (1925-yil, Moskva viloyati, RSFSR, SSSR — ?) — toʻquvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973).
Tarjimai holi
Lidiya Pavlovna Kazanseva 1925-yili Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi, Moskva viloyatida tavallud topgan. 1935-yildan Toshkent toʻqimachilik kombinatida ish boshlagan. KPSS 24-syezdi arafasida Kazanseva 5 yillik rejanni 2,5 yilda bajarish majburyiyatini olib, odatdagi 26 oʻrniga 48 stanokda ishlay boshladi. Bu SSSR miqyosida birinchi yuqori tajriba boʻlgan. Sakkizinchi beshyillik (1966—1970) vazifalarini qisqa vaqt ichida, toʻqqiznchi beshyillik (1971—1975) majburiyatlarini esa 2 yil 4 oyda bajargan. Mehnat faoliyati davomida 50 dan ziyod shogirdlar yetishtirgan. Lidiya Kazanseva Y. V. va M. V. Vinogradovalar mukofoti laureati.
Manbalar
Adabiyotlar
- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640 bet.