Lebedev Oleg Vladimirovich
Quick Facts
Biography
Oleg Vladimirovich Lebedev (1940.25. 1, Toshkent) — mashinalar mexanikasi sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1987), texnika fanlari d-ri (1979), prof. (1980). Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari i-tini tugatgan (1962). Shu institutda assistent, dotsent (1965—71); ilmiy ishlar boʻyicha prorektor hamda traktorlar va avtomobillar kafedrasida prof. (1971 — 80), VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi vitse-prezidenti (1981—87). Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti va fizika-mat, boʻlimi raisi (1987—94), Mexanika va inshootlarning seysmik mustaxkamligi institutida lab. mudiri (1994 yildan). Ilmiy ishlari gʻildirakli mashinalarning rul boshqarmalari va boshqa mexanizmlarning gidrodinamika nazariyasi; perspektiv gidrokuchaytirgichlar bosimi manbalarini loyihalash va hisoblash; mashina va mexanizmlarni texnik talablarga asosan sintezlashga oid.