Giyenko Boris Fyodorovich
Quick Facts
Biography
Giyenko Boris Fyodorovich (1917.8.8, Vladikavkaz — 2000.18.9, Toshkent) — kompozitor, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1988), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1941). Oʻzbek davlat filarmoniyasi xalq cholgʻu asboblari orkestrida dirijyor (1945 — 49), 1948 yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog, kompozitsiya kafedrasi mudiri (1972-80), professor (1980 yildan). 7 ta musiqali drama, "Oynisa" baleti (D. Zokirov bilan, 1956), spektakl va kinofilmlarga musika, 8 ta simfoniya, 5 ta konsert, ovoz va simfonik orkestr uchun konsert, 9 ta torli kvartet, fortepiano uchun "24 prelyudiya", "12 ruboiy" va b. pyesalar, fortepiano va simfonik orkestr uchun "Masharabozlar" asari, romans va qoʻshiqlar muallifi. Oʻzbek xalq cholgʻulari va orkestri uchun yozgan asarlari (mas, "Guldasta" syuitasi)da Oʻrta Osiyo, Ozarbayjon, Ukrain va b. xalqlar musiqa folkloridan foydalangan. Bir qator yetuk oʻzbek kompozitorlari (R. Abdullayev, M. Bafoyev, U. Musayev, Sayfi Jalil va boshqalar) G. sinfida tahsil olishgan. "Shuhrat" medali bilan takdirlangan (1996).
Manbalar
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil