Anvar obidjon
Quick Facts
Biography
Anvar obidjon (Obidjonov) (1947.8.1, Farg‘ona viloyati Oltiariq tu-mani) – O‘zbekiston xalq shoiri (1998). Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1979). "Yosh gvardiya" nashriyotida muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari (1981–86), "Yosh kuch" jurnalda muxbir (1987–88), "Mushtum" jurnalda bo‘lim mudiri (1988–89), "Cho‘lpon" nashriyotida bosh muharrir, direktor (1989–98), O‘zbekiston teleradiokom-paniyasida muharrir (1998 yildan). A. O.ning ohang va uslub jihatidan o‘ziga xos hajviy asarlari o‘zbek bolalar adabiyotida yangi yo‘nalishni shakllan-tirgan. Qissa va hikoyalari zamona-viy, sodda va ta’sirchan ("Us t a Gulmat g‘azallari", 1974; "Eng yorug‘ kun", 1983; "Akang qarag‘ay Gulmat", 1987; "Oltin 474yurakli Avtobola", 1988), "Masharaboz bola" (1986), "Juda qiziq voqea" (1987), "Yerlik- I lar" (1990), "Alamazon va Gul-mat hangomasi" (1992), A "Ajoyibxo-na" (1993, she’riy taqvim) va boshqa doston, qissalar, she’rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar mualli-fi. Respublika teatrlarida pesalari sahnalashtirilgan. "Oltin yurakli Av-tobola" qissasi asosida "Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq" nomli bolalarga atal-gan film suratga olingan. "O‘zbekiston askarlari" qo‘shig‘i milliy armiyaning birinchi saf qo‘shig‘iga aylangan.As: Meshpolvonning janglari, T., 1994; Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri, T., 1996.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil