Amp Ibn Lays As-Saffor
Quick Facts
Biography
Amp Ibn Lays As-Saffor (?-902) – safforiylar amiri (879–902). Manbalarning xabar berishicha, u yoshligida xachir yetaklovchi, soʻng toshtaroshlik bilan shugʻullangan. Keyinchalik akasi Yaʼqub ibn Laysta qoʻshilgan. Yaʼqub vafot etgach (879 yil) qoʻshin tomonidan sipohsolor deb tan olingan Amp Ibn Lays As-Saffor xalifaga tobeligini bildirgan. Buning evaziga u Xuroson, Fors, Isfahon, Seyiston, Kermon va Sind viloyatlarini bosh-qarish huquqini olgan. Xurosonda hokimiyatni mustahkamlash uchun raqiblari Ahmad ibn Abdulloh al-Xujustoniy, Rofe ibn Harsama va Husayn ibn Tohirlarga qarshi kurashgan; bu kurash jarayonida xalifa ikki marotaba (885 yil va 890 yil) Amp Ibn Lays As-Saffor ni mansabidan olinganligi haqida farmon chiqargan, birinchi galda hatto minbardan turib uni duoibad ham qilgan; nihoyat 892 yil xalifa uning noibligini tan olgan, biroq Amp Ibn Lays As-Saffor oʻzining soʻnggi raqibi Rofe ibn Harsama ustidan faqat 896 yilgina gʻalaba qilgan. Oʻzidan avval oʻtgan Xuroson noiblariga oʻxshab u ham Movarounnahrga daʼvogarlik qilgan. Xalifa 898 yil fevralda Movarounnahr taxtidan Ismoil ibn Ahmadni tushirib oʻrniga Amp Ibn Lays As-Saffor oʻtqazilgani haqida farmon chiqaradi. Biroq Ismoil raqibidan ildamroq harakat qilib 899 yil Amp Ibn Lays As-Safforning sarkardasi Muhammad ibn Bashar qoʻmondonligidagi qoʻshinni yengib, 900 yil Balx yaqinida Amp Ibn Lays As-Saffor ni asir olgan va uni Bagʻdodga joʻnatgan. Xalifa al-Muʼtadid 902 yil Amp Ibn Lays As-Saffor ni qatl ettirgan. Manbalarda yozilishicha, Amp Ibn Lays As-Saffor davlat va qoʻshinni qattiqqoʻllik bilan boshqargan. Poytaxti Nishopur va vatani Seyistonda koʻplab jamoat binolari qurdirgan.