Alexander Faynberg
Quick Facts
Biography
Faynberg Aleksandr Arkadyevich (1939.2.11, Toshkent) — rus shoiri. Oʻzbekiston xalq shoiri (2004). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1965). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1965-69). „Etyud“ (1967), „Soniya“ (1969), „Sheʼrlar“ (1977), „Olis koʻpriklar“ (1978). „Ijobat“ (1982). „Qisqa toʻlqin“ (1983), „Yoyma toʻr“ (1984), „Erkin sonetlar“ (1990) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi. F.ning sheʼriy ijodida oʻtmish bilan hozirgi kun, Gʻarb bilan Sharq, milliylik bilan baynalmilallik oʻzaro tutashib, oʻziga xos badiiy olamni vujudga keltiradi. F.ning lirik qahramoni tarixiy-ijtimoiy silsilalar asrida oʻzining insoniy mohiyatini toʻla saqlab qolgan, oʻzgaga mehr-shafqat va madad qoʻlini uzatishga tayyor, ayni paytda yer kurrasida sodir bulayotgan noxush voqea va hodisalardan iztirob chekuvchi joʻmard insondir. F.ning sheʼriy ijodida rus va Yevropa shoirlarining eng yaxshi badiiy tajribalari sintezlashgan. Sharq mumtoz sheʼriyati anʼanalari ham uning ijodiy uslubiga begona emas.
F. ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etadi. Oʻzbek sheʼriyatini mukammal bilgan shoir Navoiy gʻazallari, Erkin Voqidov, Abdulla Oripov, Omon Matchon va boshqa oʻzbek shoirlarining sheʼr va dostonlarini rus tiliga tarjima qilgan. F. ssenariysi asosida „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida „Mening akam“, „Jazirama oftob tagida“, „Qandahorda toblanganlar“, „Tojikfilm“ kinostudiyasida esa „Jinoyatchi va oqlovchilar“ va boshqa filmlar suratga olingan. F. ssenariysi asosida 20 ga yaqin multfilmlar yaratilgan.