peoplepill id: abu-bakr-shoshiy
ABS
1 views today
1 views this week
Abu bakr shoshiy

Abu bakr shoshiy

The basics

Quick Facts

The details (from wikipedia)

Biography

Abu bakr shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn al-Husayn ibn Umar al-Imom al-Kabir, Faxr ulislom (429/1038, Shosh – 507/1114, Bagʻdod) – fiqhshunos. Fiqh ilmini Bagʻdodda Muhammad ibn Bayon alkazruvniy, Qozi Abu Mansur atTusiy, Shayx Abu Muhammad al-Juvayniy, Abu Nasr asSibogʻlardan oʻrgangan. Shayx Abu Ishoq Sheroziyning yaqin shogirdi boʻlgan, keyinchalik ulugʻ imom (al-Imom al-Kabir) darajasiga yetgan va Islom faxri (Faxr ul-islom) sifatida el-yurt orasida shuhrat qozongan. A.B.Sh. Bagʻdoddagi "Nizomiya" madrasasida mudarrislik qilib, koʻp shogirdlar yetishtirgan.

Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy fiqh ilmi boʻyicha yetuk olimlardan hisoblanadi. Bu sohaga oid bir necha asarlar yozgan. Asarlari ichida eng mashhuri "Hilyat al-ulamo" ("Olimlar ziynati"). Fiqh ilmiga oid "Hilyat al-ulamo fi mazohibi al-fuqaho" ("Faqihlar mazhablarida olimlar ziynati") asari mashhur. Asar xalifi Mustazhir(vaf. 512/1119)ga bagʻishlangan. Anu shu kitobi tufayli Abu Bakir Shoshiy "Mustazhiriy", yaʼni Mustazhir tarafdori degan nom taratgan va koʻplab tarixiy manbalarda uning taxallusi yonida bir unvon sifatida qayd etilgan. Olim ushbu kitobiga sharh sifatida "al-Muʼtamad" ("Ishonchli") asarini yozgan. Shuningdek, allomaning fiqhshunoslikka oid yana bir yirik asari "ash-Shofiy" ("Shifo beruvchi") boʻlib, u arab olimi Abu Ibrohim Ismoil ibn Yahyo al-Muzaniy (791–878)ning "al-Muxtasar" ("Qisqacha") asari sharhiga oid. Ushbu sharh 20 jilddan iborat boʻlib, A.B.Sh. uni 5 yildavomida yozib tugatgan. Allomaning "Ash-Shofiya shahobchasining ustuni", "Taloqqa oid masala" kabi asarlari ham boʻlgan. A.B.Sh. arab adabiyoti, grammatikasi, sheʼriyati va tilshunosligi hamda Qurʼon, hadis ilmlarini ham puxta egallagan. A.B.Shoshiy Bagʻdodda vafot etgan. Uning qabri "Bob al-Sheroz" maqbarasidagi ustozi mashhur shayx Abu Ishoq Sheroziyning qabri yonida.

Manbalar

  1. Tojuddin as-Subkiy. Tabaqot ashshofiʼiya al alkubro. 3 jild. B. 341.
  2. Siyar aʼlom annubalo. 19 jild. B. 393.
  3. Takmilat alikmol. 3 jild. B. 488.
  4. Munirov Q., Irisov A., Nosirov A. Toshkent tarixida baʼzi siymolar T.: «Fan», 1983. B. 16.
  5. "Abu bakr shoshiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

  • I.Usmonov, Ilmiy maqolalar toʻplami. Tarix. 345 bet. Yosh olimlar ilmiy maqolalari toʻplami. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Taʼlim Vazirligi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti. 2014.




The contents of this page are sourced from Wikipedia article. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.
Lists
Abu bakr shoshiy is in following lists
comments so far.
Comments
From our partners
Sponsored
Credits
References and sources
Abu bakr shoshiy
arrow-left arrow-right instagram whatsapp myspace quora soundcloud spotify tumblr vk website youtube pandora tunein iheart itunes