Biography
Gallery (2)
Lists
Also Viewed
Quick Facts
Intro | Uzbek physicist | ||
Places | Uzbekistan | ||
is | Scientist Physicist | ||
Work field | Science | ||
Gender |
| ||
Birth | 11 December 1961, Navoiy, Navoiy District, Navoiy Region, Uzbekistan | ||
Age | 63 years | ||
Star sign | Sagittarius | ||
Awards |
|
Biography
Xatam Ashurov (1961-yil 11-dekabr; Navoiy tumani O'zbekiston SSR) — fizik olim. O‘zRFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Atamalar komissiyasi aʼzosi.
Hayoti va ilmiy faoliyati
Xatam Ashurov 1961-yil 11-dekabrda Buxoro viloyati, Navoiy tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1983-yil dekabrida Navoiy viloyati radio-televizion tarqatish markazida elektromexanik sifatida boshlagan. Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida 1984-yil may oyidan O‘zR FA Elektronika institutiga (2012-yildan Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti) stajyor- tadqiqotchi lavozimiga o‘tib, keyinchalik aspiranturada; kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, direktor o‘rinbosari, institut direktori lavozimlarida 2016-yilgacha ishlab kelgan.
1997—2013-yillar mobaynida Germaniya, Italiya, Fransiya, Belgiya, BAA, Koreya mamlakatlarida tajriba oʻtab kelgan. 2016-yil Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti tugatilishi va ilmiy laboratoriyalarning Toshkent davlat texnika universitetiga o‘tkazilishi munosabati bilan 2016-yil iyulidan 2017-yil iyuligacha TDTUda yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 2017-yil iyulidan qayta tashkil etilgan U. A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Xatam Ashurov ion-plazma texnolagiyalarining kelajagi borasida shunday fikr bildirgan:
Ion-plazma va lazer texnologiyalari yo‘nalishi zamonaviy ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib, bugun taraqqiyotni bu soha ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda o‘ziga xos ilmiy maktablar yaratilgani fan taraqqiyotini zamon bilan hamqadam rivojlantirish barobarida, yaratilayotgan ixtirolardan amaliyotda foydalanish jarayonini tizimli asosda yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘layotir.