Vladimir Demagin

The basics

Quick Facts

The details

Biography

Vladimir Vasilyevich Demagin (1924.15.7, Toshkent) — uchuvchi, "Xizmat koʻrsatgan sinovchi-shturman" (1967). Sinovchi-uchuvchilar maktabini tugatgan (1952). Mehnat faoliyatini Toshkentdagi V. P. Chkalov nomidagi aviatsiya zdida yigʻuvchi-parchinlovchilikdan boshlagan (1941—42). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—44). Harkov harbiy aviatsiya bilim yurtida (1944), Jukovskiy (Moskva viloyati) sinovchi-uchuvchilar maktabida (1952) oʻqigan. Toshkent aviatsiya zavodi (xoz. Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) uchishsinov stansiyasida bortradist (1945—49), sinovchi-shturman (1949—80), qidiruvqutqaruv xizmati boshligʻi (1980—84), navbatchi shturman (1984—92). Toshkent aviatsiya zdida ishlab chiqarilgan LI-2, AN-8, AN-12, AN-22, IL-12 va IL-76 (turli modi-fikatsiyalari) samolyotlarini sinashda qatnashdi, havodagi parvozi 4 mln. km dan ortiq (13000 soat). Koʻplab shturman shogirdlar tayyorlagan. "Jasorat", "Shuhrat" (1994) medallari bilan takdirlangan.

Manbalar



The contents of this page are sourced from Wikipedia article on 25 Apr 2024. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.