Noil Abubakirov
scheikundige
Noil Qodirovich Abubakirov (3-may 1919, Qoʻqon – 6-dekabr 1998, Toshkent) – kimyogar olim. O‘zbekiston fanlar akademiyasi mux-bir a’zosi (1979). Kimyo fanlari direktori (1961), professor (1964), O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1941). O‘zbekiston fanlar akademiyasi kimyo institutida ilmiy xodim (1946–56), O‘simlik moddalari kimyosi institutida direktor o‘rinbosari (1956–65, 1980–83), shu institut glikozidlar kimyosi laboratoriya mudiri (1956–90), 1990 yildan bosh ilmiy xodim. A. rahbarligida yurak glikozidlari – strofantin va uzargenlar sintez qilindi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).