Mirzo Olim Toshkandiy Ibn Mirza Rahim

historicus
The basics

Quick Facts

Introhistoricus
isHistorian
Work fieldSocial science
The details

Biography

Mirzo Olim Toshkandiy Ibn Mirza Rahim, Mushrif (19-asr) — tarixchi olim, shoir. Qoʻqon xonlari Xudoyorxon va Mallaxon saroylarida mushrif (nazoratchi) vazifasida ishlagan. 19-asr oxirida yozgan "Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin" ("Sultonlar shajarasi va xoqonlar tarixi") asari bilan mashhur. Asar Fargʻonaning 15—19-asrlar orasidagi tarixini oʻz ichiga oladi. Muallif, ayniqsa, Koʻqon xonliginit soʻnggi davri —1842—76 yillar tarixini keng yoritgan. Asarda Qoʻqon adabiy muhiti batafsil tasvirlangan. Mazkur asar boʻyicha dastlabki maʼlumotni Validiy keltirib, 1913 yilda uni Qoʻqonda Yunusjon dodxoh kutubxonasida koʻrganligini yozgan. Bir nechta qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Oʻzbek va tojik tillarida "Mushrif" taxallusi bilan sheʼrlar yozgan.

Ac: Qoʻqon xonligi tarixi (Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin), T., 1995.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





The contents of this page are sourced from Wikipedia article on 23 Aug 2019. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.