Ibrohim Hafizov

The basics

Quick Facts

The details

Biography

Hafizov Ibrohim (1870-1940) -buxorolik meʼmor. Hunarni otasi bilan birga ishlab, usta Xalilga shogird tushib (1880—88) oʻrgangan. 1888 yildan mustaqil usta. H. muqarnasli sharafa va namoyonlarga handasiy va islimiy uslubida naqsh ishlash sanʼatini puxta egallagan. Qoʻshmadrasa yaqinidagi Qozi Baqoxon uyi, Karmanadagi Abdulahadxon saroyi, Sarim Sulton, Xayro-bod, Chorbogʻ Charimgari, Chorbogʻgul saroylari va uylarini qurishda qatnashgan. Xon saroyida gilkorlik qilgan.Ark saroyini qayta tiklashda, Buxoro shahridan Sitorai Mohi Xosagacha boʻlgan yoʻlga tosh yotqizishda, fabrika qurishda (1928— 34) va boshqalarda ishtirok etgan. H.ning 100 dan ortiq loyihalari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi.





The contents of this page are sourced from Wikipedia article on 23 Aug 2019. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.