Ibn Zayla

The basics

Quick Facts

Gender
Male
The details

Biography

Ibn Zayla, Abu Mansur Husayn bin Muhammad bin Tohir bin Umar Zayla (? — 1048) — qomusiy olim, musiqashunos. Zahiriddin Bayhaqiyning maʼlumoticha, isfahonlik. Ibn Sinoning yaqin shogirdi va safdoshi. Oʻz davrida turli (tibbiyot, tabiiy va aniq) fanlar bilimdoni (koʻp asarlari maʼlum) boʻlganligidan hakim (donishmand) deb yuritilgan. "Kitob al-kafi fi almu-siqa" ("Musiqaga oid toʻliq kitob") asari mashhur boʻlib, uning 2 qoʻlyozmasi bizgacha yetib kelgan (London, Britaniya muzeyi kutubxonasi hamda Hindiston, Rampur sh. dagi Rido kutubxonasida saklanmoqda; arab musiqashunosi Zakariya Yusuf bu kitobni 1964 y. Qohirada nashr ettirdi). Unda Movarounnahr va Huroson xalqlari musiqa madaniyatiga oid maʼlumotlar mavjud. Jumladan, oʻsha davrda keng tarqalgan musiqa janrlari, kuy va qoʻshiklar, musiqa cholgʻulari haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, taʼlif (kompozitsiya), iyqo (usul-ritm), vazn va ohang muammolari yoritilgan.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
The contents of this page are sourced from Wikipedia article on 24 Mar 2020. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.