Doviy

Afghan poet *1893
The basics

Quick Facts

IntroAfghan poet *1893
PlacesAfghanistan
wasPolitician Poet
Work fieldLiterature Politics
Gender
Male
Birth1893
Death19 August 1982 (aged 89 years)
The details

Biography

Doviy (taxallusi; asl ismi Abdulhodi Abdulahad oʻgʻli) (1893 — Kobul — 1982.19.8) — afgon maʼrifatparvar shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ilk sheʼriy kitobi ("Toshqin", 1945) pushtu tilida yozilgan. Sadriddin Ayniynshnt "Moziy va hol" ("Oʻtmish va bugun") nomli sheʼriga tatabbu sifatida "Jaridalar taʼrifi va foydalari haqida" ("Dar taʼrif va favoyide jaroyid", 1914) sarlavhali muhammas yozib, uning birinchi misrasida Mahmudxoʻja Behbudiy (1875—1919) tomonidan Samarqandda nashr etilgan "Oyina" jurnali (1913—15) haqida ijobiy fikr bildiradi. Maʼrifatparvarlik mavzuidagi "Bad nabud" ("Yomon boʻlmasdi", 1917), "To ba kay?" ("Qachongacha", 1918) hamda erkparvarlik ruxida yozilgan "Bulbule gereftor" ("Tutqun bulbul", 1917) nomli sheʼriy asarlari shuhrat qozongan. D. 1920— 21 y.lar Afgʻonistonning Buxoro Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasida ishlagan, 1923 y.da esa u Afgʻoniston hukumatining favqulodda hayʼati rahbari sifatida ikkinchi bor Buxoroga kelib, rasmiy kishilar bilan muzokaralar olib borgan. Bu safarlari chogʻida D. Buxoro jadidlari bilan muloqotda boʻlgan. Abdurauf Fitrat (1886—1938) u hakda yaxshi fikrda boʻlgan. D. siyosiy, ijtimoiy, adabiy mavzularda yozilgan 20 dan ortiq kitob, risola va tarjimalar muallifi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Inomxoʻjayev R., Afgʻoniston maʼrifatparvarlik adabiyoti ocherklari, T., 1999.


The contents of this page are sourced from Wikipedia article on 24 Mar 2020. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.