Boriy Haydarov

The basics

Quick Facts

The details

Biography

Boriy Azizovich Haydarov (1909.23.12 - Toshkent — 1986.21.5) — aktyor, dublyaj rejissyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Leningrad sahna sanʼati institutini tugatgan (1932). Faoliyatini "Oʻzbekkino"da boshlab (1928—29), soʻngra "Lenfilm", "Oʻzbekfilm", "Turkmanfilm", "Tojikfilm" studiyalari filmlarida aktyor sifatida qatnashgan. 1946-yildan "Oʻzbekfilm"da dublyaj rejissyori boʻlgan. "Mening Vatanim", "Yer qoni", "Um-bar", "Volochayev kunlari", "Azamat", "Uning nomi Suxe-Bator", "Oʻlim qudugʻi", "Jarroh", "Doʻstlar qayta uchrashadilar" kabi filmlarda turli xarakterdagi rollar ijro etgan. "Razvedkachi jasorati", "Qishloq oʻqituvchisi", "Bir yilning toʻqqiz kuni", "Tinch okar Don", "Ona Hindiston", "Ochilgan qoʻriq" singari 250 dan ortiq filmning dublyaj rejissyori boʻlgan.

Manbalar



The contents of this page are sourced from Wikipedia article on 25 Apr 2024. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.