Bonu

Poet
The basics

Quick Facts

IntroPoet
wasPoet Writer
Work fieldLiterature
Gender
Female
Birth1837
Death1891 (aged 54 years)
The details

Biography

Bonu (taxallusi; asl ismi Samar Bonu Sirojiddin qizi) (1837, Oʻsh — 1891, Andijon, Mingtepa qishlogi) — oʻzbek shoirasi, maʼrifatparvar. Huvaydottt chevarasi. "Meros dedim bobomlardin" masnaviysida Hofiz, Navoiy, Shams Tabriziy, Ahmad Yassaviy va bobosi Huvaydoni tilga olib, shoirlik isteʼdodi otabobosidan meros ekanligini taʼkidlagan. Ularning asarlariga tajnis, tatabbular yozgan.

B. 19 yoshida beva qolgan. "Bonu gʻarib" sheʼrida bu ogir judolik va musibatni turmush hodisalari bilan bogʻlab, oʻzi kabi ayollar qismatidan, zamonasidagi haqsizliklardan zorlangan. Sheʼrlarida Layli, Shirin, Uzrolar bilan dardlashgan ("Yor jabr etdi" va boshqalar). B. ruhidagi isyonkorlik, oqilalik asarlariga singib ketgan. Sevgi mavzuidagi sheʼrlari shaxsiy histuygʻular bilan chegaralanmay, keng ijtimoiy mazmun kasb etgan. B. ijodida shaxs va zamon, ayollar taqdiri masalasini asosiy oʻringa qoʻygan. Erk uchun oʻzi tanlagan yoʻlning toʻgʻriligiga ishongan ("Falak ozoridan ming dod", "Hech qaysi inson ham", "Didda dardim kim bilur?", "Benavolar" va boshqalar), bu yoʻlda sobit turgan. B. sheʼrlarini toʻplab devon tuzgan.

Manbalar

  • Sheʼrlar, T., 1963.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, T., 1980.





The contents of this page are sourced from Wikipedia article on 24 Mar 2020. The contents are available under the CC BY-SA 4.0 license.