Biography
Gallery (1)
Also Viewed
Quick Facts
Biography
Yevgeniy Nikolayevich Baranovskiy (1907.15(28).3, — 1981.5.9, Moskva] — balet artista, baletmeyster. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1955). Dastlab sirkda akrobatlik qilgan. 1929—39 yillarda Toshkent opera va balet teatrida raqqos, ayni vaqtda Ye. Obuxovadan mumtoz raqs, Usta Olim Komilov, M. Turgʻunboyevadan oʻzbek raqsini oʻrgangan. 1939—48 yillarda Navoiy teatri baletmeysteri. Baranovskiy Oʻzbek Davlat filarmoniyasi (1949—56) va Muqimiy teatrida (1956—68) bosh baletmeyster. Bir qancha balet va musiqali dramalar raqslarini sahnalashtirgan. Uning „Baliqchi“, „Oq oltin“, „Mirzachoʻl“, „Paxtakor“ kabi estrada raqslari ham mashhur. 1939—43 yillar M. Turgʻunboyeva bilan hamkorlikda „Paxta“, „Xorazm raqsi“, „Askarlar“, „Tanavor“ kabi raqslarni yaratgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil