Biography
Gallery (1)
Also Viewed
Quick Facts
Gender |
| ||||
Birth | 1607 | ||||
Death | 1675 (aged 68 years) | ||||
Family |
|
Biography
Podshoh oyim (Oyposhshoh oyim, Oyposhsha bibi) — ashtarxoniylar oʻzbek sulolasi malikasi. Buxoro xonligi hukmdori Nadr Muhammadxonning (1642—1645) xotini. Buxoro xonligining hukmdorlari — Abdulazizxon va Subhonqulixonlarning onasi hamda Mangʻitlar oʻzbek sulolasi vakillarining amir Haydardan (1800—1826) boshlab barcha Buxoro amirligi hukmdorlarining bibikalonidir. Joʻybori kalon madrasasining donatori. "Oyposhshoh oyim", "Oyposhsha bibi" nomlari bilan ham mashhur boʻlgan.
Malika tarixiy manbalarda „Zamon Xadichasi“, „Davron Fotimasi“ nomlari bilan ham ulugʻlangan.
Kelib chiqishi
Podshoh oyim taxminan 1607-yillarda Buxoroda tugʻilgan. Ota tomondan Joʻyboriylar va ona tarafdan Ashtarxoniylar naslidan edi. Uning otasi Abdurahimxoja joʻyboriylardan Xoja Kalonxojaning (Nosiriddinxoja Saʼdning) 2-oʻgʻli, onasi Bibijon xonim esa, ashtarxoniy Jonibekxonning qizi edi.
Hayoti
Podshoh oyim voyaga yetgach ashtarxoniylardan Nadr Muhammadxonga turmushga chiqadi. Ulardan Abdulazizxon va Subhonqulixonlar dunyoga keladi. Malika nihoyatda maʼrifatli, taqvoli ayol edi. Uning tarix oldidagi xizmatlari hali yetarli tadqiq etilmagan.
Sayyidlar avlodidan boʻlgan Shamsiyabonuning Din Muhammadxonga va Podshoh oyimning Nadr Muhammadxonga turmushga chiqishi sababdan muarrixlar Ashtarxoniylar va Mangʻit hukmdorlarini ham Chingiziy, ham sayyidlar naslidan deb qarashadi.
Bunyodkorlik ishlari
1671-yili Buxoro qalʼasidan tashqarida, Joʻybor mavzesida Podshoh oyim mablagʻlari evaziga Joʻybori kalon madrasasi bunyod etilgan. U Buxorodagi eng nufuzli va dovruqli madrasalardan hisoblanib, "Oyposhsha oyim" madrasasi deb ham nomlangan. Sovetlar davrida madrasa faoliyati toʻxtatilib, undan turli maqsadlarda foydalanilgan. Madrasada 1992-yildan buyon Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga qarashli ayol-qizlar oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻz faoliyatini olib boryapti.
Oʻlimi va nomining abadiylashtirish
Podshoh oyim 1675/76-yilda olamdan oʻtadi. Qabri Chor Bakr meʼmoriy majmuasida saqlanib qolgan. Tepasiga qora marmartosh qoʻyilgan. Uning qabri joylashgan ziyoratgoh hozir Poshsha oyim dahmasi deb ataladi. U "Podshooyim xazirasi" nomi ostida davlat himoyasiga olingan, Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Bu yerda uning yana bir qancha yaqinlari dafn etilgan.
Manbalar
- Sharhlar
- Manbalar
- ↑ Jumanazar 2017.
- ↑ Asrorova 2017.
- ↑ „Buxoro ayol-qizlar madrasasi“. Naqshband.uz. Qaraldi: 11-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 11-noyabr 2021-yil.
Havolalar
Adabiyotlar
- Asrorova L. Q.. Buxoro madrasalari tarixidan. Toshkent: Hilol-nashr, 2017 — 224 bet. ISBN 978-9943-4818-6-2.
- Jumanazar A. K.. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. ISBN 978-9943-4728-2-2.