Biography
Gallery (2)
Lists
Also Viewed
Quick Facts
Intro | Uzbekistan actor |
is | Actor |
Work field | Film, TV, Stage & Radio |
Biography
Afzal Azimovich Rafiqov (1948.21.8, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1973—87 yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktyor. Yaratgan obrazlaridagi dard, iztirob, qarama-qarshi hissiyotlar, oʻziga xos musiqaviy ovoz, rang-barang ohang, tinim va bosimlari bilan tomoshabinni oʻziga rom etishga erishadi, shuningdek, romantik anʼanalarni hayotiy talqin usuli ila uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi. „Qaroqchilar“ (F. Shiller) spektaklidagi Shveyser roli bilan sahnadagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Aleksandrov (L. Tolstoy, „Tirik murda“), Zokirov (S. Abdullin, „Oʻn uchinchi rais“), Tarso (T. Tula, „Nodirabegim“), Navoiy, Iskandarning otasi (Sh. Rizayev, „Iskandar“), Faridun (Firdavsiy, „Faridun“), Yago (U. Shekspir, „Otello“), Lir (U. Shekspir „Qirol Lir“), Aslzoda (A. Sagareli, „Xonuma“) kabi rollari bilan tanilgan.
Kinoda („Yaratganga shukur“da Ahmad, „Alpomish“da Boyboʻri va boshqalar), televizion filmlarda („Diyonat“da Proxor, „Girdob“da ilmiy kotib, „Ichkuyov“da Sergey, „Omon boʻlsang, unutma“da Guskov kabi) ham suratga tushgan. Rafiqov oʻzbek dublyaj sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshganlardan, 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan („Lev Tolstoy“da Tolstoy, „Gʻalaba“ filmida Stalin, „Hayot mazmuni“da Usmon Yusupov va boshqalar). Bir nechta televizion hujjatli filmlar matnini oʻqigan. „Gulshan“ radiojurnalining boshlovchisi, bir qancha radiopostanovkalar („Usmon Nosir“, „Xabib Abdullayev“ va boshqalar)ni olib borgan.Afzal Rafiqovning shoh asari oʻzi aytgandek umri davomida qilgan ishlarining eng yaxshisi bu Qur’oni karimning oʻzbek tilida oʻqiganidir.
Filmografiya
Filmlar
Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1998 | Kichkina tabib | |
2000 | Alpomish | |
2007 | Faqat gʻalaba | futbol bosh murabbiysi |
2006 | Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi | |
2008 | Jannat qaydadir? | Domla, Luizaning otasi |
2011 | Kelganda kelin: Anjancha muhabbat | Goʻyoning otasi |