Abdon al-Junuvjirdi
Hofiz, zohid
Abdon ibn Muhammad ibn Iso al-Junuvjirdiy (hijriy 220-yil — hijriy 293-yil) — hofiz va zohid imomlardan biri bo‘lgan. Uning ismi sharifi — Abdulloh, lekin Abdon nomi bilan tanilgan. Marvda Ahmad ibn Sayyordan keyin shofiʼiylik mazhabini davom ettirgan. Misrga borgan va u yerda boshqalardan bilib bo‘lmaydigan narsalarni faqihlar va mashoyixlardan o‘rganib olgan. Ulardan olish mumkin bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirib, so‘ngra Shom va Iroqqa borgan. Misr ahli haqida (kitob) yozgandan keyin, Marvga qaytib borgan. Bir kitob tasnif qilib, uni „al-Muvatto“ („Soddalashtirilgan to‘plam“) deb nomlagan.